O‘zbekiston xokkeyida ilk mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)

Sport

Joriy yilning 27 fevral kuni Oliy xokkey ligasi (VXL) doirasida Toshkentning “Xumo” va Boshqirdistonning “Toros” jamoalari bellashdi. Uchrashuvning uchinchi taymida “Xumo”ning ukrainalik legioneri Igor Merejko va “Toros” o‘yinchisi Andrey Bannikov o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi. Hodisa videosi Toshkent klubining  Facebook’dagi sahifasida joylashtirilgan. 

Mushtlashuv ma’lum bir muddat o‘yinni to‘xtatib qo‘ygan. Raqiblar bir-birlariga bir necha marotaba zarba berishgan va shundan so‘ng ajralishgan. Yakunda har ikkala xokkeychiga 5 daqiqalik jarima qo‘llanilgan.

Bahs Toshkentning “Xumo” klubi g‘alabasi bilan yakunlangan. Jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv 1 mart kuni Boshqirdistonda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

xokkey

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing