Xokkey bo‘yicha Olimpiada chempioni aniqlandi

Sport

image

Kecha, 22 fevral kuni xokkey bo‘yicha AQSH erkaklar terma jamoasi 2026 yilda Italiyada bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlari finalida Kanada ustidan qo‘shimcha vaqtda g‘alaba qozondi va Olimpiada chempioniga aylandi.

Milanda o‘tkazilgan hal qiluvchi uchrashuv 2:1 (1:0, 0:1, 0:0, 1:0) hisobida yakunlandi. AQSH safida asosiy vaqtda Mettyu Boldi gol urdi. Kanada tarkibida esa Keyl Makar hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha bo‘limda Jek Xyuz g‘alaba golini kiritdi.

Bu amerikaliklar tarixidagi uchinchi Olimpiya oltin medali bo‘ldi. Ular avval 1960 va 1980 yillarda ham Olimpiada chempioniga aylanishgan.

Kanadalik hujumchi Konnor Makdevid turnir davomida 13 ochko (2 gol va 11 golli uzatma) jamg‘arib, NHL vakillari orasida Olimpiya turniri rekordini o‘rnatdi va eng samarali o‘yinchi bo‘ldi. Yana bir kanadalik Maklin Selebrini beshta gol bilan 2026 yilgi Olimpiadaning eng yaxshi to‘purari deb topildi.

Mazkur bahs Italiyadagi 2026 qishki Olimpiya o‘yinlari musobaqasiga yakun yasadi. O‘yinlar Milan va Kortina-d’Ampezzo shaharlarida bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh xokkey Olimpiya o'yinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing