Xokkey bo‘yicha Olimpiada chempioni aniqlandi
Sport
−
11:41 917 1 daqiqa
Kecha, 19 fevral kuni Milanda xokkey bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Olimpiada final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda AQSH ayollar terma jamoasi finalda Kanada jamoasini mag‘lub etib, Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi.
Hal qiluvchi uchrashuv Milan shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘yin qo‘shimcha vaqtda 2:1 hisobida amerikaliklar foydasiga yakunlandi. Kanada safida 21-daqiqada Kristin O’Nill hisobni ochdi. AQSH jamoasi tarkibida esa Hilari Nayt 58-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Megan Keller esa 65-daqiqada gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, amerikaliklar tarixda uchinchi bor Olimpiya chempioniga aylanishdi va 2018 yildan beri ilk marta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kanada ayollar terma jamoasi besh karra Olimpiya chempioni hisoblanadi. Bu safar esa kanadaliklar o‘z tarixida uchinchi marta Olimpiada kumush medaliga sazovor bo‘lishdi.
Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Shveysariya jamoasi qo‘shimcha vaqtda Shvetsiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Shveysariya ayollar jamoasi tarixdagi ikkinchi Olimpiya medalini qo‘lga kiritdi. Ularning ilk Olimpiada medali 2014 yilgi Sochi o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan.
Live
Barchasi