O‘zbekiston xokkey federatsiyasi IIHF`ga qo‘shildi

Sport

image

Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) O‘zbekiston xokkey federatsiyasini o‘z tarkibiga qabul qildi. Bu haqda IIHF Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston xokkey federatsiyasidan tashqari Jazoir, Kolumbiya, Eron va Livan milliy tashkilotlari ham IIHF tarkibiga qo‘shildi.

“Men IIHF`ning archa axzolariga bizni qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdorlik bildiraman. IIHF rahbarligida katta xokkey oilasiga qo‘shilish biz uchun ulkan sharaf. IIHFrahbarligidagi turli o‘quv dasturi va musobaqalarda ishtirok etish imkoniyati, yangi aloqalar va tashkilotning boshqa a’zoari bilan o‘zaro munosabatlar O‘zbekistonda xokkeyni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli rejalarimizni amalga oshirishga yordam beradi”, dedi O‘zbekistn xokkey federatsiyasi prezidenti Baxtiyor Fozilov.

Ma’lumot uchun, 2019/2020 mavsumdan Toshkentning “Humo” klubi Rossiyaning Oliy xokkey ligasida ishtirok etyapti. Klub chempionatda bugungacha 6 ta o‘yin o‘tkazib, besh ochko to‘pladi. Hozirda “Humo” 14-o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

xokkey federatsiya

Baholaganlar

8

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing