O‘zbekiston Xitoyga yirik hisobda yutqazdi
Sport
−
06 mart 12155 1 daqiqa
Bugun, 6 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Avstraliyada o‘tayotgan OFK Osiyo kubogi doirasidagi 2-tur uchrashuvini o‘tkazdi. Unda Kotrina Kalbayte shogirdlari Xitoy terma jamoasiga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvda hisob 30-daqiqada xitoylik futbolchilar tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limda esa 51- va 77-daqiqalarda kiritilgan gollar Xitoy jamoasiga bahsni yirik hisobda yakunlash imkonini berdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo kubogidagi dastlabki ikki uchrashuvida ham yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
Ushbu natijadan so‘ng O‘zbekiston “B” guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvda ular joriy yilning 9 mart kuni Bangladesh terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Kotrina Kalbayte shogirdlari 1-turda Shimoliy Koreya terma jamoasiga ham 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Live
Barchasi