O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini tikladi – OAV

Jamiyat

image

 O‘zbekiston Xitoyga tabiiy gaz yetkazib berishni qaytadan yo‘lga qo‘ydi. Gaz eksporti joriy yil boshida ichki talabni qondirish uchun to‘xtatilgandi, deb xabar bermoqda “Euraasianet”. 

Hukumat yetkazib berish qayta tiklangani haqida e’lon qilmagan. Biroq Xitoy ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, Toshkent Turkmanistondan boshlanib, O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali o‘tuvchi “Markaziy Osiyo-Xitoy” quvuri orqali yana gaz eksport qilmoqda.

O‘zbekiston joriy yilning to‘rt oyida Xitoyga 132,8 million dollarlik gaz eksport qildi, deya xabar bergan Rossiyaning "Neftegaz" energetika portali Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi statistik ma’lumotlariga tayanib.

Eksport qilingan gaz hajmi bo‘yicha aniq raqamlar ma’lum qilinmagan.

Turkmaniston yanvar-aprel oylarida 2,87 milliard dollarlik gaz eksporti bilan Xitoyning eng yirik gaz yetkazib beruvchisi bo‘lgan Qozog‘iston esa 270,6 million dollarlik gaz sotgan.

Qozog‘iston va O‘zbekiston Xitoyning quvur liniyasi bo‘yicha mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi yirik gaz yetkazib beruvchilari sanaladi. Biroq, har ikki mamlakat o‘sib borayotgan ichki talabni qondirish uchun kelgusi yillarda gaz eksportini to‘xtatishni rejalashtirayotganini aytgan.

O‘zbekiston eksportni tugatish uchun 2025 yilgacha muddat belgilagan.

Bu esa har qish mavsumida O‘zbekistonni qamrab oladigan energiya tanqisligini bartaraf etishga imkon beradi.

Hukumat tomonidan joriy oy e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch yilda elektr stansiyalariga gaz yetkazib berish 13 foizga, maishiy iste’molchilarga yetkazib berish esa 30 foizga oshgan.

Hukumatning ma’lum qilishicha, hozirda xususiy iste’molchilar uchun amal qilayotgan subsidiyalar tizimi isloh qilinadi, shuning uchun narxlar faqat ma’lum miqdorda foydalanishgacha subsidiyalanadi. Mijozlar hali e’lon qilinmagan limitdan ortiq iste’mol qilingan gaz uchun bozor narxlarini to‘laydilar.

Eksport to‘xtatilganda qo‘shimcha gaz ham xom ashyoni sotishdan ko‘ra ko‘proq daromad keltiradigan plastmassa kabi qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

gaz eksporti O'zbekiston Xitoy

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing