“Kulol mo‘ndida suv ichar”. Iroq ham Turkmanistondan gaz oladi 

Olam

image

Turkmaniston Eron orqali Iroqqa gaz yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Türkmengaz va Iroq elektroenergetika vazirligi o‘rtasida tuzilgan bitimga ko‘ra, Turkmanistondan Iroqqa 5 yil davomida har yili 9 mlrd kub metr gaz eksport qilinadi.

Turkman gazi Eron hududidan o‘tgan gaz trubalar orqali SWAP shartlari asosida Iroqqa yetkaziladi. Ayni paytda Türkmengaz rahbari va Iroq Energetika vaziri Ziyod Ali Fadel gaz oldi-sotdisi haqidagi bitimning asosiy shartlari bo‘yicha protokolni imzolagan.

"Bu esa Turkmanistonning jahon bozorlariga energiya yetkazib berishni kengaytirayotganini anglatadi. Oktyabr oyi boshida Türkmengaz davlat konserni va Iroq Elektr energetika vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Iroq energiya ta’minoti borasida muammolarga duch kelmoqda. Katta gaz zaxiralariga qaramay, mamlakat neft va gaz qazib olish zonalaridan yoqilg‘ini elektr stansiyalariga tashish uchun zarur infratuzilmaga ega emas.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq Turkmaniston gaz eksporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing