O‘zbekiston gaz eksportidan butunlay voz kechishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston 2025-2026 yillarga borib gaz eksportidan butunlay voz kechishi mumkin. Bu haqda “O‘ztransgaz” kompaniyasi boshqaruvi raisi Behzot Narmatov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”

"Ehtimol, yaqin kelajakda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan gazning hammasi mamlakatda qolar, chunki kimyo zavodlari kengaymoqda, ichki iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash kerak. Ha, eksport bor edi, lekin bizda hali ham iqtisodiy dinamika o‘ylagandek emas. Biz ish o‘rinlari yaratishimiz kerak, lekin toza ko‘rinishda eksportni amalga oshirish kerak – uni qayta ishlash va qo‘shimcha qiymat zanjirlarini yaratish iqtisodiyot uchun qanchalik foydali?”, deydi Narmatov eksportning to‘xtashi 2025-2026 yillarga borib sodir bo‘lishi mumkinligini aytib.

Ayni paytda O‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning qariyb 10 foizi Xitoyga eksport qilinmoqda. Normatovning so‘zlariga ko‘ra, foiz O‘zbekistonning ichki ehtiyojlaridan kelib chiqib, oydan oyga o‘zgarib turadi. Qoidaga ko‘ra, eksport qilinadigan gaz hajmi qishda qisqarib, yozda ko‘payadi.

"Bizning O‘zbekiston hududida faoliyat yurituvchi kompaniyalar oldidadagi ma’lum majburiyatlarimiz bor. Ya’ni, loyihalar iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida – Xitoy kompaniyalari, Rossiya kompaniyalari – biz ularga gaz eksportini ta’minlaymiz (eksport uchun gaz O‘zbekiston ichki bozoridagi narxlardan bir necha baravar yuqori narxlarda sotiladi). Bularning barchasini ichki bozorga yo‘naltirishimiz mumkin edi, lekin biz kelishuvlarga amal qilamiz”, deydi “O‘ztransgaz” rahbari.

Ma’lumot uchun, bundan ikki yil avval — 2020 yilda O‘zbekiston Bosh vazir Abdulla Aripov gaz eksportini 2025 yilgacha to‘xtatib, uni mamlakat ichida to‘liq qayta ishlashga va qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tilishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz eksporti

Baholaganlar

755

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing