O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida maxfiy axborotni himoya qilish bo‘yicha bitim ma’qullandi
Jamiyat
−
04 Oktabr
1834Joriy yilning 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining 58-yalpi majlisida senatorlar Xitoy bilan maxfiy ma’lumotlarni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat imzolash uchun Prezidentga yuborilgan. 19 ta moddadan iborat bitim 2023 yil 18 may kuni Sian shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi doirasida imzolangan. O‘zbekiston tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati vakolatli organ etib belgilangan.
Hujjatning 15-moddasiga ko‘ra, xalqaro hujjat nomuayyan muddatga tuziladi. Bitim davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risidagi oxirgi xabarnomadan keyin kuchga kiradi.
Bitimda uzatilayotgan va qabul qilinayotgan har qanday shakldagi maxfiy axborotni o‘zaro himoya qilish, shuningdek, milliy qonunchilik bo‘yicha maxfiylik darajasi, maxfiylik (“alohida muhimlik”, “mutlaqo maxfiy”, “maxfiy”) belgilarini taqqoslash, maxfiy axborotni himoya qilish, uni uzatish va undan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni aniqlashtirish nazarda tutilgan.
LiveBarchasi