O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Jamiyat
−
13 may 2024
3679Bugun, 13 may kuni Toshkent shahrida Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi raisi o‘rinbosari Lyu Gochjun hamraisligida o‘tgan majlisda ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari jadal rivojlanayotgani, bunda, davlatlar rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona, yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlangan.
Yig‘ilishda tovar ayirboshlashni yanada oshirishga qaratilgan qo‘shma “Harakatlar rejasi”ni qabul qilish, Xitoyga mahsulotlarini uzoq muddatli va barqaror yetkazib berish uchun qo‘shimcha savdo imtiyozlarini joriy etish, sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish, iqtisodiyotning barcha sohalarida qo‘shma raqobatbardosh loyihalarni amalga oshirish taklif etilgan.
Tadbir so‘nggida, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari eshitildi hamda Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishi bayonnomasi imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lyu Gochjun Prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘lgan edi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar