O‘zbekiston xavfli yuklarni tashish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi
Jamiyat
−
10 yanvar 2020
5002O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston:
• Xavfli yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish to‘g‘risidagi Yevropa bitimiga (Jeneva, 1957 yil 30 sentyabr);
• Xavfli yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish to‘g‘risidagi Yevropa bitimining 1-moddasi a) bandiga hamda 14-moddasi 1 va 3 b) bandlariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomaga (Jeneva, 1993 yil 28 oktyabr) qo‘shildi.
Shu munosabat bilan Transport va Ichki ishlar vazirliklari mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organlar etib belgilandi.