Qirg‘iziston va Tojikiston chegara delimitatsiyasi bo‘yicha bitim imzoladi (video)

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi, Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Qamchibek Tashiyev va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Saymo‘min Yatimov Bishkekda umumiy chegara uchastkasini delimitatsiya qilish bo‘yicha protokolni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

“Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida chegara delimitatsiyasi bo‘yicha protokol imzolandi. Hujjatga qirg‘iz tomonidan Tashiyev, tojik tomonidan esa Yatimov imzo chekdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasi uzunligi taxminan 980  kilometrni tashkil etadi. Chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar 2002 yil dekabr oyidan buyon davom etmoqda. Ushbu masalaning hal etilmagani ikki davlat aholisi va harbiylari ishtirokidagi mojarolarga sabab bo‘lib kelgan, ularda o‘qotar qurollar ham ishlatilgan. So‘nggi jiddiy to‘qnashuv 2022 yil kuzida sodir bo‘lgan. 2014 yildan beri Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida 10 dan ortiq yirik mojaro kuzatilgan. Qirg‘iziston Xitoy, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh. Tojikiston esa, shu kunga qadar, Qirg‘iziston bilan barcha chegara masalalarini hal qila olmagan so‘nggi qo‘shni davlat edi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov joriy yil yanvar oyida “Kabar”ga bergan intervyusida delimitatsiya bo‘yicha hujjat imzolanganidan so‘ng unga ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari imzo qo‘yishi kerakligini bildirgan edi. Shundan so‘ng, protokol ikki mamlakat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinishi lozim. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston bilan chegara masalasi hal etilar ekan, ikkala tomonning pozitsiyasi hisobga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Qirg'iziston bitim delimitatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing