O‘zbekiston karate WKF federatsiyasiga yangi rais saylandi

Sport

image

O‘zbekiston karate WKF federatsiyasining yangi raisi etib Rashid Azatovich Tolipov saylandi. Bu haqda federatsiyaning hisobot-saylov konferensiyasida qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda Sport vazirligi matbuot xizmati.

Rashid Tolipov bungacha Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatida ishlab kelgan, bungacha esa sport sohasida turli lavozimlarda ishlagan.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Rashid Tolipov bo‘lajak yirik musobaqalar, jumladan, joriy yilning dekabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini tashkil etishda barchani birlashishga chaqirdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida federatsiya rahbariyati va Ijroiya qo‘mitasini qayta tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi.

Shu paytgacha federatsiya rahbari sifatida faoliyat olib borgan Alam Mullayev, shuningdek, Baxtiyor Nigmatullayev, Anvar Muhamedov, Saparmurod Djiyemurotov, Ilhom Mamadaliyev, Burxon Rahmonov hamda Dilnoza Bakirova rais o‘rinbosari, bungacha federatsiya Ijrochi direktori lavozimida ishlagan Farruh Tashkentbayev federatsiya Bosh kotibi etib saylandi.

Shuningdek, tadbir davomida Ijroiya qo‘mitasi a’zolari ham shakllantirilib, tashkilotning yangi tahrirdagi nizomi tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

karate

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing