O‘zbekistonlik karatechilar xalqaro turnirda 11 ta medal jamg‘ardi

Sport

image

BAAning Fujayra shahri mezbonlik qilayotgan karate WKF bo‘yicha Yoshlar ligasida O‘zbekiston terma jamoasining ishtiroki yakunlandi. Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza, jami 11 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Turnirning yakuniy kunida Javohir Jahongirov 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar toifasida kata dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Solijon Soibov (-50 kg) kumite yo‘nalishida shohsupaning 3-pog‘onasidan joy oldi.

Qayd etish joiz, ushbu natija orqali sportchilar jahon chempionati yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini jamg‘ardi.

Ma’lumot uchun, bungacha o‘zbekistonlik karatechilar Qozog‘istonning Olmaota shahri mezbonlik qilgan qit’a birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 15 ta medalga ega chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

karate

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing