Gulshan Alimardonovaga Prezident sovg‘asi topshiriladi
Sport
−
24 dekabr 9173 1 daqiqa
O‘zbekistonda ayollar o‘rtasida ilk marta karate WKF bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Gulshan Alimardonova Prezident sovg‘asi sifatida avtomobil bilan taqdirlanadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Gulshan Alimardonova joriy yilning 30 noyabr kuni Misr poytaxti Qohirada o‘tkazilayotgan karate bo‘yicha Jahon chempionatida -50 kg vazn toifasida jahon birinchiligi unvonini qo‘lga kiritgan va shu tariqa jahon chempioniga aylangan birinchi o‘zbekistonlik ayol karatechiga aylangan edi.
Shu paytga qadar faqat Dostonbek Otabolayev jahon chempionligiga erishgan va O‘zbekistonning karate bo‘yicha birinchi jahon chempioni sifatida tarixga kirgan edi. Gulshan Alimardonovaning Qohirada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidagi oltin medali bu sportchilar sonini 2 taga yetishiga sabab bo‘ldi.