Osiyo o‘yinlari 2026: O‘zbekiston ilk oltin medalini oldi

Sport

image

Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida o‘tkazilayotgan 2026 yilgi Osiyo o‘yinlarida Abdulvahob Rashidov karate sport turida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu o‘zbekistonlik sportchilar uchun turnirdagi ilk oltin medal bo‘ldi.

Karate bahslarida -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdulvahob Rashidov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa chempionligiga erishdi. Sportchi finalda mezbon sportchi Yugo Kozakidan ustun keldi.

Ma’lumot uchun, joriy Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 396 nafar sportchi bilan qatnashmoqda. 2023 yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan so‘nggi yozgi Osiyo o‘yinlarida esa O‘zbekiston delegatsiyasi 370 nafar sportchi sportchi bilan ishtirok etgan. O‘zbekistonlik sportchilar musobaqada 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza – jami 71 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagan. 

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2023 yilgi yozgi Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 10 ming AQSH dollari, kumush medal sohibi bo‘lganlar 5 ming dollar, bronza medal sohiblari esa 2,5 ming dollar miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing