O‘zbekiston karate terma jamoasi JCHdan qaytib keldi

Sport

image

BAAning Dubay shahrida karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda erkaklar o‘rtasida 75 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Dostonbek Otabolayev finalda AQSHlik Tomas Skott ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, O‘zbekistonga tarixiy oltin medalni taqdim etgan edi.

Ushbu O‘zbekiston vakili tarixida ilk marotaba sovrindorlar qatoridan joy oldi. Bundan tashqari karatechilar jamoaviy kumite bahslarida yarim finalga qadar yetib borishgani tahsinga loyiq.

Kecha, 22 noyabr kuni karate bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi hamda sportchilarning oila a’zolari kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada dunyoning 104 ta mamlakatidan jami ming nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bitta oltin medal bilan umumjamoa hisobida 8-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Oltin medal' Karate Dostonbek Otabolaev

Baholaganlar

18

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing