O‘zbekiston Kanada bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 2026 yilning iyun oyida mundial mezboni Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu o‘rtoqlik uchrashuvi Jahon chempionati boshlanishi oldidan 2026 yilning 1 iyun kuni Kanadaning Edmonton shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida Portugaliya, Kolumbiya va Yamayka/Kongo/Yangi Koledoniya o‘tish o‘yini g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy olgan. Terma jamoa Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvni 2026 yil 17 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Navbatdagi uchrashuv 23 iyun kuni Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliyaga qarshi bo‘lib o‘tsa, guruh bosqichining so‘nggi bahsi 27 iyun kuni o‘tish o‘yini g‘olibiga qarshi o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Kanada o'rtoqlik uchrashuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing