O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirishda Xitoy tajribasini o‘rganmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirishda xorij, xususan Xitoy tajribasini o‘rganmoqda. Bu haqda 26 sentyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan BMT kotibiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan hamkorlikni kengaytirish" mavzusida yuqori darajadagi xalqaro videokonferensiya qayd etilgan.  

Unda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad, BMT bosh kotibi o‘rinbosari Lyu Chjenmin hamda Misr, Qozog‘iston, Peru, Filippin, Janubiy Afrika va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbsari Jamshid Qo‘chqorov ishtirok etgan. 

Rivojlanish bo‘yicha xalqaro hamkorlik kun tartibida, qashshoqlikni har qanday shaklda yo‘q qilishga ustuvor ahamiyat berayotgani, rivojlanayotgan mamlakatlarga, eng kam rivojlangan mamlakatlarga, rivojlanayotgan mamlakatlarga, xususan pandemiya oqibatlarini bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov o‘z nutqida kambag‘allikni qisqartirish mamlakat Prezidenti tomonidan belgilangan ustuvor vazifa ekanini ta’kidlagan.  

Anjumanda O‘zbekistonning uzoq muddatli strategik maqsadi barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish, kambag‘allik darajasini keskin kamaytirish ekani aytilgan. 

Qayd etilishicha, ushbu maqsadlarga erishish uchun O‘zbekiston bozor iqtisodiyotini mustahkamlash hamda liberallashtirish bo‘yicha tarkibiy islohotlarga e’tibor qaratmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi  delegatsiyasi nutqida kambag‘allikni qisqartirish sohasida global hamkorlikni kuchaytirish zarurligi, shuningdek, qashshoqlikka qarshi kurashish bo‘yicha Xitoy xalq Respublikasining muvaffaqiyatli tajribasini rolini alohida ta’kidlab o‘tdi. 

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro rivojlanish bo‘yicha sheriklik aloqalarini kengaytirish, “Bir makon-bir yo‘l” tashabbusini va BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirishga hissa qo‘shadigan boshqa mintaqaviy va xalqaro hamkorlik tashabbuslarini qabul qilishning muhimligi to‘g‘risida kelishib olganlar.  Uchrashuv doirasida, qatnashchilar rivojlanayotgan mamlakatlar uchun yanada ochiq va inklyuziv rivojlanish muhitini yaratish, ayniqsa, pandemiya sharoitida global ta’minot zanjiridagi uzilishlarni bartaraf etish bozorlar ochiqligini ta’minlashning ahamiyatiga ham e’tibor qaratishgan. 

Xususan, XXR tashqi ishlar vaziri va BMT vakillari global pandemiya natijasida 70-100 millionga yaqin dunyo aholisi o‘ta qashshoqlik darajasiga tushib qolishi bo‘yicha tahdidlar mavjud ekanini ta’kidlaganlar. Shu munosabat bilan ular kambag‘allikni qisqartirish, moliyaviy va texnik yordam rolini kuchaytirish yuzasidan strategik sheriklik muhimligi hamda pandemiya sharoitida yanada zarur omilga aylangani qayd etgan. 

Bundan tashqari, global koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan inqirozga qarshi amaliy choralar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorlik, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha konsepsiya va strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro ekspertlar bilan birgalikda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan. 

Iqtisodiy barqaror va inklyuziv o‘sishni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirilgan va amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar sifatida taqdim qilingan. 

 O‘zbekiston tomonidan quyidagilar taklif qilingan: 

•    kambag‘allikni qisqartirish sohasida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish;

•    XXRning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganish maqsadida, vazirliklar va idoralar xodimlari uchun xizmat safarlarini tashkil etish;

•    Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga Xitoydan maslahatchi-ekspert jalb qilish.

O‘z navbatida, Xitoy tomoni yordam ko‘rsatishga va kambag‘allikni qisqartirish sohasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyorligini bildirib o‘tgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov O'zbekiston-Xitoy Kambag'allikni qisqartirish

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing