Bosh vazir o‘rinbosarlari ma’qullandi

Jamiyat

image

Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga ma’qullandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.

Shuningdek, Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov Bosh vazirning o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga, Jamshid Xo‘jayev Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga, Zulayho Mahkamova Bosh vazirning o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakat hukumatining o‘tgan 5 yillikdagi faoliyati tahlil qilinib, erishilgan yutuqlari sarhisob qilingan va Bosh vazirlik lavozimiga Abdulla Aripov nomzodi taqdim etilgandi. Nomzod va hukumatning dasturi ko‘rib chiqilgach, Bosh vazir lavozimiga nomzodni ma’qullash masalasi ovoz berishga qo‘yildi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan deputatlar Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga ma’qulladi. Shundan so‘ng Abdulla Nigmatovich Aripovni Bosh vazir lavozimiga tayinlash to‘g‘risida Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov Ochilboy Ramatov Jamshid Xo'jaev Zulayho Mahkamova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing