“Eshigimni tagiga yotib olishadi”. Xo‘jayev elchilardan xorij tajribasini o‘rganishni so‘radi (video)
Jamiyat
−
21 yanvar 14678 1 daqiqa
Bugun, 21 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi elchilari va importyor tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev tashqi bozorlarga chiqishga intilgan tadbirkorlar muammolariga elchilar ham bevosita jalb etilishi zarurligini ta’kidladi. Bu haqda uchrashuvda ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ jurnalisti xabar bermoqda.
Xo‘jayevning aytishicha, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar elchilari o‘z mamlakatidan kelgan tadbirkor manfaati uchun tinimsiz harakat qiladi. Ular masala yuzaga kelsa, vazirlik va idoralar bilan cheklanib qolmasdan, barcha eshiklarni qoqadi, hatto Bosh vazir o‘rinbosarining qabulxonasigacha borishdan tortinmaydi.
“Kerak bo‘lsa, eshigim tagida yotib olishadi”, deya ta’kidladi Xo‘jayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qaysi yo‘nalish yoki mutaxassis zarur bo‘lsa, elchilarga topib berishga shaxsan tayyor.
Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari elchilarni “qurollantirish” kerakligi, ya’ni ular aniq dalillar, mustahkam argumentlar va rasmiy hujjatlar bilan ishlashi zarurligini aytdi. Masalalarni joyiga borib, yuzaki emas, tizimli va qat’iyat bilan o‘rganish talab etilishi bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq elchilar faoliyat yuritayotgan davlatdan eksport tushumlari, turistlar oqimi, qonuniy ish joylariga fuqarolarni yuborish ular uchun KPI bo‘lishi belgilangan edi.
Live
Barchasi