O‘zbekiston Qozog‘istonga yangi elchi tayinladi
Olam
−
01 Sentabr
5574Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Yangi elchi 51 yoshda bo‘lib, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Rossiya tashqi savdo akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1994 yilda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) markaziy apparatida boshlagan. U yerda yetakchi, bosh mutaxassis, vazir yordamchisi, bosh boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2001 yilda O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasiga birinchi kotib, so‘ngra savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi sifatida ishga yuborilgan.
Xorijiy xizmat safaridan qaytgach, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qoshidagi iqtisodiy tuzilmalarda, Vazirlar Mahkamasida shu’ba mudiri sifatida faoliyat yuritgan.
2019−2022 yillarda Birlashgan Arab Amirliklarida elchi bo‘lgan. Shuningdek, TIV departamenti direktori, O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Baxtiyor Ibragimovga qadar 2018-2024 yillarda Qozog‘istonda elchi bo‘lib Saidikrom Niyozxo‘jayev faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil O‘zbekistonga yangi elchi tayinlagandi. Shuningdek, Fransiya vino o‘g‘irlashda ayblangan diplomatni Nigeriyaga elchi etib tayinlagani xabar qilingandi.
LiveBarchasi