O‘zbekiston Qozog‘istondan ko‘mir importini qariyb 2 barobarga oshirdi 

Jamiyat

image

Qozog‘istonning O‘zbekistonga ko‘mir eksporti 1,4 million tonnaga oshib, 3,1 million tonnani tashkil etdi. Bu haqda “Qozog‘iston temiryo‘llari” ma’lum qildi.

Bayon qilinishicha, 2023 yilda Qozog‘istonning O‘zbekistonga temiryo‘l transporti orqali tovarlar eksporti 29 foizga – 10 million tonnaga oshgan. 

Temiryo‘l orqali neft mahsulotlari, kimyo va mineral o‘g‘itlar, qora metallar eksport qilingan. 

Shuningdek, 3,5 million tonnaga yaqin don sotilgan. Ko‘mir eksporti 1,4 million tonnaga oshib, 3,1 million tonnaga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Toshkent viloyat filiali boshlig‘i 50 ming dollar pora bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston ko'mir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing