O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston chegara to‘g‘risida kelishuv imzoladi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2019
3601O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston “Davlat chegaralari kesishgan nuqta to‘g‘risidagi shartnoma”ni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Hujjatga uchta davlatning Tashqi ishlar vazirlari – Rashid Meredov, Muxtor Tleuberdi va Abdulaziz Komilov imzo qo‘ydi.
Qayd etilishicha, vazirlarning uch tomonlama uchrashuvi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi boshlanishidan avval bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDHga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Ashxobod shahrida bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi