O‘zbekiston Qirg‘izistonga shaxsiy himoya vositalari va ekspress-testlar yubordi
Jamiyat
−
30 mart 2020
6525O‘zbekiston Qirg‘izistonga shaxsiy himoya vositalari va ekspress-testlarni topshirdi. Yordam O‘zbekiston Bosh vaziri Abulla Aripov ko‘rsatmasi bilan yuborilgan.
“Turmush” nashrining xabar berishicha, insonparvarlik yordami 29 mart kuni soat 4:00 da “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazuv punkti orqali O‘shga yetkazilgan.
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev 10 ming tibbiy niqob va 900 ta himoya kostyumlarini, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov 4800 ta ekspress-test va reagentlarni qo‘shni davlatga topshirgan. Ularni chegarada Hukumatning vakolatli vakili Uzarbek Jilkibayev kutib olgan.
Qayd etilishicha, ushbu mahsulotlar koronavirusga tekshiruvni yanada tezroq o‘tkazishga yo‘naltiriladi. Himoya vositalari esa tibbiyot xodimlariga topshiriladi.
Avvalroq, Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonga 20 tonna insonparvarlik yordami yuborgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi