O‘zbekiston Qirg‘izistonga qarshi oq libosda o‘ynaydi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi oq libosda o‘ynaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.

Milliy jamoa ertaga, 20 mart kuni JCH-2026 saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Bugun,19 mart kuni ushbu bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tomonidan ishtirokchilarga o‘yinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo‘nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o‘tildi.

O‘zbekistonlik futbolchilar mazkur bahsda to‘liq oq, darvozabon esa yashil libosda harakalanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston-Qirg‘iziston uchrashuvini boshqarib boradigan hakam e’lon qilingnadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing