O‘zbekiston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yubordi
Jamiyat
−
02 aprel 2020
6243Kecha, 1 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan chegaradosh davlat Qirg‘izistonga koronavirus tarqalishining oldini olishga ko‘mak berish maqsadida insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“O‘zbekiston xalqidan Qirg‘iziston xalqiga insonparvarlik yordami” shiori ostida tashkil etilgan insonparvarlik yordami O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi “Qo‘rg‘ontepa don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati hamda mamlakatdagi farmatsevtika korxonalari hamkorligida amalga oshirildi.
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi temiryo‘l stansiyasidan ming tonna un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda foydalaniladigan bir martalik bosh kiyimli himoya kombinzoni, respirator, qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi, pirometr hamda test-sistemalar ortilgan poyezd qo‘shni respublikaga jo‘natildi.
Insonparvarlik yordami ortilgan maxsus eshelon Qirg‘izistonning O‘sh shahriga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha O‘zbekiston koronavirusda qarshi kurashish uchun Xitoyga ikki marta, Eron, Afg‘oniston va Qirg‘izistonga insonparvarlik yordam jo‘natgandi. O‘z navbatida BAA, Xitoy va AQSH koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga yordam berdi.
LiveBarchasi