O‘zbekiston Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib beradi
Jamiyat
−
26 mart 2021
3612O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro elektr energiya yetkazib berishga kelishib oldi. bu haqda Qirg‘iziston Energetika va sanoat vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston 2021 yilning mart oyidan oktyabrigacha hamda 2022 yilning mart-aprel oylarida Qirg‘izistonga 750 million kilovatt soat elektr energiya yetkazib beradi.
Bunday choralar To‘qto‘gul suv omborida suv to‘plash va uni 2021-2023 yillarda sug‘orish mavsumida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi iste’molchilariga yetkazib berish maqsadida amalga oshiriladi. Belgilangan yillarda Qirg‘iziston iyun-avgust oylarida shuncha miqdordagi elektr energiyasini qaytaradi.
Avvalroq, Qirg‘iziston Energetika vaziri Kubanichbek Turdabayev To‘qto‘gul suv omboridagi suv sathi xavfli darajaga yetganini aytgandi.
LiveBarchasi