O‘zbekiston Qirg‘izistonga bir necha million dollar mablag‘ ajratadi
Jamiyat
−
09 mart 2021
32734O‘zbekiston Qirg‘izistonga o‘zaro qo‘shma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratadi. Bu haqda Qirg‘izistonning Iqtisodiy va soliq siyosati qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi. Bu haqda "24.kg" xabar berdi.
Deputatlar Qirg‘iziston-O‘zbekiston taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilishni ma’qulladilar.
U orqali O‘zbekiston Qirg‘izistonga mablag‘ ajratadi. Kengash tuzilib, uning tarkibiga Qirg‘iziston vakillari, direktorlar kengashiga esa O‘zbekistondan uch va Qirg‘izistondan ikki vakil kiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Sooronbay Jeenbekovning Toshkentga birinchi tashrifi chog‘ida tomonlar moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolashgan edi. U jamg‘arma tuzishni ko‘zda tutgandi. Ammo hujjatni amalga oshirish bugunga kelib amalga oshgan.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov joriy yilning 11-12 mart kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.
LiveBarchasi