O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarani belgilash bo‘yicha hujjatlar loyihalarini tayyorladi
Jamiyat
−
20 fevral 2023
5410Qirg‘iziston va O‘zbekiston vakillari davlat chegarasining umumiy uchastkasini demarkatsiya qilish tartibini belgilovchi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqdi. Bu haqda bugun, 20 fevral Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi ikki davlat delegatsiyalarining Toshkentda yakunlangan muzokaralari yakunlari bo‘yicha bergan izohida ma’lum qildi.
“Uchrashuv davomida tomonlar Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayonini tartibga soluvchi normativ-texnik hujjatlar loyihalarini kelgusida tasdiqlash uchun tayyorladilar, shuningdek, chegaraning ayrim uchastkalarini joyida tekshirish jadvalini kelishib oldilar”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Toshkent uchrashuvi yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolangan.
“Keyingi uchrashuv Qirg‘iziston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadi”, deb ishontirdi hukumat.
Qirg‘iz-O‘zbekiston chegarasining uzunligi 1,3 ming kmdan sal ko‘proqni tashkil qiladi. Bu Qirg‘izistonning qo‘shni davlat bilan eng uzun tashqi chegarasi. Tomonlar o‘tgan asrning 90-yillaridan beri bahsli hududlar bo‘yicha muammolarni hal qila olmay keladi.
2017 yilda bu jarayon jadallashib, 2023 yil boshida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bishkekka tashrifi chog‘ida nihoyat bahsli hududlar bo‘yicha barcha hujjatlar imzolangan edi.
LiveBarchasi