O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan transchegaraviy favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda hamkorlik qiladi
Jamiyat
−
16 may 2023
3243O‘zbekiston va Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirlari ikki davlat qutqaruv idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan navbatdagi hujjatni imzoladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati хабар berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu yilning 14 may kuni Qirg‘iz Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyev O‘zbekistonga kelgan. U o‘zbekistonlik hamkasbi general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev bilan uchrashgan.
Norasmiy muloqotdan so‘ng ikki davlat qutqaruv idoralari rahbarlari transchegaraviy favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlagan.
Ta’kidlanishicha, mazkur hujjat 9 banddan iborat bo‘lib, undan qo‘shma mashg‘ulotlar, seminarlar, axborot almashish tizimini takomillashtirish va bu boradagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar joy olgan.