O‘zbekiston fuqarosining Xitoyda sudi bo‘lmoqda
Jamiyat
−
22 avgust 2019
31302019 yilning 19 avgust kuni O‘zbekistonning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi vakillari Hanchjou shahar (Chjeszyan provinsiyasi) Fuqaro ishlari bo‘yicha ikkinchi instansiyasi xalq sudida 8 yanvar kuni hibsga olingan O‘zbekiston fuqarosi M.S.ning sud ishida qatnashdi. Unga nisabatan narkotik moddalarni tarqatish va saqlash bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.
Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratda ushlab turibdi va O‘zbekiston fuqarosiga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun Chjeszyan provinsiyasining tegishli hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Konsullik-huquqiy departamenti xorijga ketayotgan o‘zbekistonliklarni o‘zlari borayotgan davlat qonunlariga amal qilishga va ularning qoidalarga rioya qilishga chaqiradi hamda Shanxay shahri, Anhuy, Fuszyan, Hunan, Szyansi, Szyansu va Chjeszyan provinsiyalari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Shanxay shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishi mumkinligini eslatib o‘tadi: +8621-6307-1896.
LiveBarchasi