O‘zbekiston fuqarosi chimkentlik qizga intim suratlarini tarqatish bilan “shantaj” qildi

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Chimkent shahrida ijtimoiy tarmoqda tanishgan qizning intim suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda shahar politsiyasi ma’lumotlariga tayanib, “Kazinform” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi qiz ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak bilan tanishib, bir necha oy davomida yozishib turgan. Keyinchalik gumonlanuvchi qizning ishonchini qozongan va uning shaxsiy ma’lumotlari, intim rasmlarini qo‘lga kiritgan. So‘ng esa bu suratlarni qarindoshlariga tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, pul so‘ragan.

Shundan so‘ng, erkak Atirau viloyatida Jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida  qo‘lga olingan. Aniqlanshicha, u 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 194-moddasi (Tovlamachilik) bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda gumonlanuvchining shu kabi boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilyapti”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida yigit ishqiy munosabatlar aks etgan foto va videotasvirlarni tarqatmaslik evaziga sevgan qizidan 500 000 so‘m miqdorida pul talab qilgandi. Shuningdek, Buxoroda 17 yoshli qiz sevgilisidan ishqiy munosabatlarni oshkor qilmaslik uchun 3 ming AQSH dollari talab qilgani haqida viloyat IIBga tayanib xabar qilgan edik


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston fuqarosi Chimkent shantaj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing