O‘zbekiston fuqarosi Britaniya elchixonasiga bostirib kirmoqchi bo‘ldi
Olam
−
23 avgust 2021
12781Joriy yilning 21 avgust kuni Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi hududiga O‘zbekiston fuqarosi bostirib kirmoqchi bo‘ldi. Erkak huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda REN TV xabar bergan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, erkak boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishga yordam berishlarini aytib, elchixona panjarasi ustidan hujjatlarini tashlagan.
Ta’kidlanishicha, jinoyatchi politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Tergov jarayonida uning O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan. Hozirda hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda.
LiveBarchasi