O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma olganlar orasida nechanchi o‘rinda?
Bu qiziq
−
17 yanvar
10042Turkiyada yashash uchun ruxsatnomalar soni bo‘yicha Turkmaniston va Rossiya fuqarolari eng katta guruhni tashkil qiladi. Bu haqda Turkiya migratsiya departamenti xabar berdi.
Jami 1,1 milliondan ortiq xorij fuqarosi Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma olgan. Ularning aksariyati Turkmaniston (109 ming) va Rossiya (100 ming) fuqarolaridir.
Iroq fuqarolari mamlakatda yashash ruxsatnomasi soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda (90 ming) turibdi. Keyingi qatorlarni Eron va Suriya (har biri 79 ming), Ozarbayjon (68 ming), O‘zbekiston (52 ming), Qozog‘iston (43 ming), Afg‘oniston (41 ming) va ukrainaliklar (37 ming) band etgan.
Turkiya migratsiya idorasi o‘z hisobotida vaqtinchalik talabalar va oilalarni birlashtirish uchun berilgan yashash ruxsatnomalarini ham qo‘shgan.
Yashash uchun ruxsatnomaga ega xorijliklarning aksariyati Istanbul (taxminan 555 ming), Antaliya (116 mingdan ortiq) va Anqarada (71 mingdan ortiq) ro‘yxatga qo‘yilgan.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiyasi boshlanganidan keyin ruslar mamlakatni ommaviy ravishda tark eta boshladi. Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilingach, mamlakatni tark etuvchilar soni yanada oshdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda Rossiyadan 24 milliondan ortiq kishi chiqib ketgan. Bu 2021 yilga nisbatan qariyb 3 millionga ko‘pdir.
Turkiya ruslar ko‘p sayohat qiladigan mamlakatlardan biridir. Biroq 2022 yil mart oyida Turkiya rasmiylari yashash uchun ruxsatnomalar berishga cheklovlar joriy qila boshladi va 2022 yil dekabr oyi oxiridan boshlab rossiyaliklarga uy-joy ijarasi uchun turistik vizalar asosida yashash uchun ruxsatnomalar ommaviy ravishda berildi. Rad etish sabablari bo‘yicha rasmiy izohlar o‘rniga, ko‘plab Rossiya fuqarolariga o‘n kun ichida kelgan joyiga qaytishi kerakligi aytildi.
Turkmaniston fuqarolari ham mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz va Berdimuhamedovning avtoritar boshqaruvi ortidan xorijga ko‘chishga intilayotgani aytilmoqda.
Ommaviy emigratsiyani to‘xtatish maqsadida Turkmaniston rasmiylari Anqaradan turkman fuqarolari uchun 2007 yildan beri amalda bo‘lgan vizasiz rejimni bekor qilishni so‘ragan. 2022 yil sentyabrida Turkiya hukumati buni turkman tomonining iltimosiga binoan amalga oshirdi.
Turkiyadagi o‘zbeklarning asosiy qismi o‘qish va ish sabab musofirlik yo‘lini tanlagan.
Eslatib o‘tamiz, Joriy yilning 10 yanvar kuni Interpol tomonidan qizil bildirishnoma bilan “Xalqaro odam savdosi” jinoyati doirasida qidiruvga berilgan, xalq orasida “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan, 1989 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Mirxanova Nilufar Abduraimovna Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilingan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr