O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada YTHga uchradi
Jamiyat
−
29 aprel 2019
5435Joriy yilning 27 aprel kuni Rossiyaning Saratov viloyati Rtishev tumanida o‘zbek davlat raqam belgilari bo‘lgan Lada Largus avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisa yuz berdi.
O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi YTH bo‘yicha Saratov viloyati hokimiyati bilan bog‘langan. Bu haqda Tashqi ishlar vaziriligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Saratov viloyati hokimiyati mazkur YTH to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqlagan va avtomobil chuqurga tushib, ag‘darilib ketganini qo‘shimcha qilgan. Avtomobilda bo‘lgan 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi shifoxonaga yotishdan bosh tortib, Lipetsk shahriga jo‘nab ketgan.
LiveBarchasi