O‘zbekiston FIDE reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarildi

Sport

image

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi FIDE’ning sentyabr oyi uchun yangilangan reytingida ikki pog‘ona yuqorilab, 6-o‘rindan joy oldi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning avgust oyidagi reytingda 8-o‘rinni egallagan O‘zbekiston sentyabr oyida ikki pog‘ona yuqorilab, dunyoning eng kuchli olti shaxmat federatsiyasi qatoriga kirdi. Shu tariqa, O‘zbekiston Ozarbayjon (2627) ni ortda qoldirib, oltinchi o‘ringa ko‘tarildi.

O‘zbekiston shaxmatchilarining eng yaxshi 10 nafar vakili o‘rtacha reytingi 2628 ballni tashkil etmoqda.

Reytingda AQSH 2725 ball bilan birinchi, Hindiston 2705 ball bilan ikkinchi, Xitoy 2664 ball bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Rossiya va Gruziya esa mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egallagan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15-27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkaziladigan shaxmat olimpiadasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing