O‘zbekiston-Falastin uchrashuvi qaysi hakamlarga ishonib topshirildi?
Sport
−
18 noyabr 2019
6673O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 19 noyabr kuni JCH-2022 saralash bahslari doirasida Falastinga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuvni bahraynlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam – Navaf Shukralla. Unga qanotlarda hamyurtlari – Yosir Halil Ibrohim Abdulla Tulefat va Muhammad Jafar Muhammad Salmon yordam beradi. Zaxira hakami – Ammar Ibrohim Hasan Mahfud.
Uchrashuv Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs mahalliy vaqt bilan 17:00 da boshlanadi. O‘zbekiston saralash doirasidagi Falastinga qarshi ilk uchrashuvda 0:2 hisobda imkoniyatni boy bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘zaro to‘qnashgani va “oq bo‘rilar” o‘yinning so‘nggi daqiqalarida 2:3 hisobda mag‘lub bo‘lgandi.