Nimalar qilding, Kuper? O‘zbekiston Falastinga yengildi
Sport
−
05 Sentabr 2019
12139Xabaringiz bor, bugun, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ramalloh shahrida joylashgan “Faysal al-Husayniy” stadioni Falastin terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi haqida ma’lum qilgan edik.
Osiyo saralash siklining "D" guruhidan o‘rin olgan o‘yinda O‘zbekiston 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yinda hisob dastlab 60-daqiqada ochildi. Golga Oday Ibrohim mualliflik qildi.
O‘yindagi ikkichi gol 84 daqiqada Islom Batran urdi. Shundan keyin hisob o‘zgarmadi. Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston MTJ tarixda ilk bor Falastinga mag‘lub bo‘ldi.
JCH-2022 saralash o‘yini
"D" guruhi
1-tur
FALASTIN — O‘ZBEKISTON 2:0
Gol: Oday Ibrohim (60), Islom Batran (84).
Ar-Rom. "Faysal al-Husayniy" stadioni
Falastin: Muhammad Rashid, Yosir Hamid, Musab Battat, Tamer Seyyam, Oday Ibrohim Dabbah (Ismoil Batran, 82), Abdulloh Jobir, Abdulatif Albahdari, Mahmud Va’di, Natmi Albadavi, Rami Hamada, Muhammad Darvish.
O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Davron Hoshimov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Odil Ahmedov, Quvondiq Ro‘ziyev (Doston Hamdamov, 61), Ikrom Aliboyev, Jaloliddin Masharipov, Eldor Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Tamer Seyyam, Muhammad Darvesh (60) — Yegor Krimets (30).
LiveBarchasi