O‘zbekiston - Falastin: Liboslarning ranglari tanlandi
Sport
−
18 noyabr 2019 6535 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2022 saralashi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini Falastinga qarshi o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.
Ertaga, 19 noyabr kuni “Paxtakor” stadionida o‘tadigan uchrashuvda milliy jamoa oq-ko‘k rangli sport formasida maydonga tushadi. Darvozabon esa yashil rangli sport libosini kiyadi.
Falastinlik futbolchilar qizil formalarda harakat qilishadi. Raqib jamoa posboni qora rangdagi libosni kiyadi.
Uchrashuv ertaga 17:00 da boshlanadi.
Avval xabar berganimizdek, sazkur uchrashuvni bahraynlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam – Navaf Shukralla. Unga qanotlarda hamyurtlari – Yosir Halil Ibrohim Abdulla Tulefat va Muhammad Jafar Muhammad Salmon yordam beradi. Zaxira hakami – Ammar Ibrohim Hasan Mahfud.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr