Falastinning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
29 aprel 2022
3480Javad Muhammad Avad Falastin davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi. Kecha, 28 aprel kuni elchi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bilan uchrashib, ishonch yorliqlarini topshirdi.
TIV Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vladimir Norov ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, elchiga mas’uliyatli diplomatik missiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilagan.
Uchrashuvda tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qilgan.
Bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashilgan.
LiveBarchasi