O‘zbekiston Eronni ishonchli hisobda mag‘lub etdi
Sport
−
21:01 2323 1 daqiqa
Bugun, 24 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida Eron milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Kurashlarga boy o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston MTJ ishonchli hisobda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalari O‘zbekiston futbolchilari ustunligida o‘tdi. 10-daqiqada pressing natijasida eronlik futbolchi xatoga yo‘l qo‘ydi va Eldor Shomurodov bu xatoni kechirmadi – 1:0. Taymning o‘rtalarida forslar bosimni oshirib, gol urishga harakat qildi. Biroq ular bunga birinchi bo‘limda erisha olmadi.
Ikkinchi bo‘limning boshida eronliklar jarima zarbasidan foydalanib, hisobni tenglashtirishga erishdi. 58-daqiqada esa Karimovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik sabab Eron darvozasiga penalti belgilandi. Shomurodov penaltini golga aylantirdi. 90+4 daqiqada Husayn Norchayev hisobni yana oshirdi. Shu tariqa o‘yin 3:1 hisobida yakunlandi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilish mumkin.
Live
Barchasi