O‘zbekiston Eronga yordam ko‘rsatilishiga to‘liq tayyorligini bildirdi
Jamiyat
−
20 may 2024 14089 1 daqiqa
Avvalroq, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatga uchragani xabar qilingandi. Rasmiy Toshkent xabarni chuqur tashvish bilan qabul qildi. Bu haqda TIV bayonot berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vertolyot yo‘lovchilari, jumladan Eronning yuqori martabali vakillari taqdiri haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Barcha yo‘lovchilar tez orada sog‘-salomat topilishiga umid qilamiz.
O‘zbekiston tomoni zarurat bo‘lishi bilan eronlik do‘stlarimizga barcha yordam ko‘rsatilishiga to‘liq tayyorligini bildiradi”, deyiladi TIV bayonotida.
Eronning “Press TV” telekanali Eron Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lumotlariga tayanib, Ibrohim Raisiy va uning hamrohlari joylashgan vertolyot topilgani haqida xabar berdi. Qizil Yarim Oy jamiyati bayonotida qidiruv va qutqaruv guruhlari Prezidentni olib ketayotgan vertolyot qulagan joyga yetib borgani aytiladi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr