O‘zbekiston Eronga yana 15 ta yuk mashinasida yordam yubordi
Jamiyat
−
21 may 1648 1 daqiqa
O‘zbekiston Eronga gumanitar yordamning ikkinchi partiyasini jo‘natdi. Birinchi yordam karvonidan ikki oy o‘tib, farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy vositalar bilan to‘liq yuklangan 15 ta yuk mashinasi chegaradan o‘tkazildi. Bu haqda Press TV xabar berdi.
“Hamjihatlik” dasturi doirasida yuborilgan gumanitar yuk “Dargaz” quruqlikdagi chegara punkti orqali Eron hududiga kiritilgan. Yuklar keyinchalik ehtiyojmand aholiga yetkazish uchun Eron Qizil Yarim oy jamiyatiga topshirilishi rejalashtirilgan.
“O‘zbekistonning Eron bilan birdamlik kampaniyasi doirasidagi, tarkibida 15 ta yuk mashinasida dori-darmon va tibbiy buyumlar bo‘lgan ikkinchi karvoni “Dargaz” quruqlikdagi chegara maskani orqali mamlakat hududiga kirib bordi va Eron Qizil Yarim Oy Jamiyatiga topshiriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, birinchi yirik gumanitar yordam karvoni joriy yilning mart oyida yuborilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston tomonidan un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, konservalar hamda birinchi tibbiy yordam uchun zarur dori vositalari yetkazilgan edi.
Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may