O‘zbekistonlik erkak Istanbul aeroporti masjidida o‘g‘irlik sodir etdi (video)

3-sahifa

image

Turkiyaning Istanbul xalqaro aeroporti namozxonasida o‘zbekistonlik erkak o‘g‘irlik sodir etdi. Ushbu holat aeroportga o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga tushib qolgan va mahalliy ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilmoqda. 

Voqea joriy yilning 4 avgust kuni sodir bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, shu kuni o‘zbekistonlik B.M. va uning do‘sti terminaldagi masjidga kirgan. Ayni shu vaqtda masjidda bir necha kishi uxlab yotgan edi. B.M. uxlayotgan erkaklardan birining sumkasini olib, uni do‘stining yoniga olib borgan va sumkadagi pullarni cho‘ntagiga solib, sumkani yana uxlayotgan kishining boshi tomonga qo‘yib qaytgan. Shu tariqa u o‘margan pullarini masjid tahoratxonasiga kirib, sanab chiqqan. Bularning hammasi kuzatuv kamerasi xotirasida aks etgan. 

Sumkasidagi pul o‘g‘irlanganini payqagan yo‘lovchi holat haqida zudlik bilan politsiyaga xabar bergan. Bu vaqtda esa o‘zbekistonlik B.M. va uning do‘sti hali aeroportni tark etmagan edi. Ular aeroportdan chiqib ketayotganda qo‘lga olingan. 

Politsiya bo‘limida bayonnoma rasmiylashtirilib, B.M. qamoqqa olingan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul aeroporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing