Turkiyada “buyuk ko‘chish” boshlandi

Olam

image

2018 yilning 29 oktyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida dunyoning eng katta aeroporti deya e’tirof etilgan yangi tayyoragoh ishga tushirilgan edi. 

Aeroport ochilganidan 5 oy o‘tgan bo‘lsa ham, asosiy xalqaro parvozlar “Otaturk” xalqaro aeroportida amalga oshirilayotgan edi. Kecha, 5 aprel kuni “Otaturk” aeroportidan texnik jihozlar, moslamalar va barcha hujjatlarni yangi aeroportga ko‘chirish ishlari boshlandi. 
Turkiya matbuoti ushbu hodisani “buyuk ko‘chish” deb nomlamoqda. 

Ayni vaqtda ko‘chish ishlarining 94 foizi amalga oshirilgan. Ko‘chish ishlari 6 aprel kuni soat 03:00 da boshlangan. Qayd etilishicha, jami 707 ta yuk mashinasida 47 ming 300 tonna og‘irlikdagi yuk Istanbul aeroportiga tashib borilmoqda. 

“Otaturk” aeroportidan eng so‘nggi parvoz soat 02:00 da Istanbul-Singapur yo‘nalishida amalga oshirildi. 

Ma’lumot o‘rnida, yangi aeroportda 6 ta alohida uchish-qo‘nish yo‘lagi, 500 ta samolyotni qabul qila olish imkoniyati, 70 ming avtomobil to‘xtashi uchun ochiq va yopiq turargoh, 20 ming kishi uchun kutish joyi mavjud. U har yili 200 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.


 
Maydoni jami 76,5 mln kv metr bo‘lgan aeroportning dastlabki qismi ochilishi uchun 6 mlrd yevro mablag‘ sarflangan. Hozirda u 90 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi. 2023 yilgacha aeroportning qolgan qismi qurib bitkaziladi.


 
Yangi aeroportda 350 ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlar amalga oshiriladi. Aeroportning 451 xonali yuqori texnologiyali mehmonxonasi ham mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk ko'chish Istanbul aeroporti

Baholaganlar

185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing