O‘zbekiston elchisining muddati nihoyasiga yetdi

Olam

image

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov o‘z missiyasining tugashi munosabati bilan O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi favqulodda va muxtor elchisi Komil Rashidovni qabul qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Axborot boshqarmasi xabar berdi.

Ikki tomon  qirg‘iz-o‘zbek munosabatlarining kun tartibidagi dolzarb masalalarni, shuningdek, davlat rahbarlari darajasida ilgari imzolangan kelishuvlarning bajarilishini muhokama qildi.

Oliy darajadagi tashriflarni tashkillashtirish,  hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya, Bosh vazirlar rahbarligidagi chegara hududlari rahbarlari kengashining muntazam uchrashuvlarini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Avvalroq, Komil Rashidov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Chet elda ishlayotgan o‘zbekistonlik fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Komil Rashidov

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing