Bosh vazirga yangi maslahatchi tayinlandi
Jamiyat
−
27 avgust 2019 6299 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovga yangi maslahatchi tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Komil Kayumovich Rashidov Bosh vazir maslahatchisi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozim Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son Farmoni bilan kiritilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025