Bosh vazirga yangi maslahatchi tayinlandi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovga yangi maslahatchi tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi. 

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Komil Kayumovich Rashidov Bosh vazir maslahatchisi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozim  Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son Farmoni bilan kiritilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing