O‘zbekiston elchisi Qozog‘iston Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Jamiyat
−
12 Sentabr
1970O‘zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibragimov bugun, 12 sentyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, marosim Qozog‘iston rahbarining Oqo‘rda qarorgohida bo‘lib o‘tgan. O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirar ekan, Qozog‘iston Prezidentiga qozoq tilida murojaat qildi.
Tadbir davomida Ispaniya, Estoniya, Sudan, Ruanda, Dominikan Respublikasi va Mavrikiy elchilari ham o‘zlarining ishonch yorliqlarini topshirdi.
Prezident Qosim-Jomart To‘qayev elchilarni ushbu lavozimga kirishishi bilan tabriklab, Qozog‘iston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida ta’kidladi va ularga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish borasidagi diplomatik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Ma’lumot uchun, elchi Baxtiyor Ibragimov 1 sentyabr kuni Qozog‘iston poytaxtiga borgan edi. U 2018-2024 yillarda O‘zbekistonning Ostonadagi elchisi lavozimida ishlagan Saidikrom Niyozxo‘jayev o‘rniga tayinlandi.
LiveBarchasi